Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi qanday tanlov eʼlon qildi?

21:33 19 Fevral 2019 Iqtisodiyot
367 0

Illyustrativ foto

Kapital bozori rivojlanishi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarga oʻz hissasini qoʻshganlarda iPhone XS smartfonini yutib olish imkoniyati bor.

Barcha dizayner va ijodkor shaxslarni Agentlik logotipini ishlab chiqish uchun tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz.

TANLOV SHARTLARI:

1. Sahifamizga obuna boʻlish.

2. Har bir eʼlonga (publikatsiya) “layk” bosish.

3. Eʼlonni repost qilish.

Asosiy talab quyida sanab oʻtilgan mezonlarga mos keladigan maxsus logotip yaratishdir:

- logotipda Agentlik faoliyati va vakolatlari aks etgan boʻlishi zarur;

- logotip korporativ, qatʼiy hamda zamonaviy koʻrinishda boʻlishi kerak;

- Oʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlarining elementlari ham qabul qilinadi.

Tanlov natijalariga koʻra gʻolib tashrif qogʻozi (vizitka), taqdimotlar (prezentatsiya) uchun dizayn shablonlarini, eksklyuziv blankalar, broshyura va Brendbukni yaratish majburiyatini oladi.

Tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov ishtirokchilari oʻz takliflarini 2019 yilning 20 fevralidan 1 marti soat 18: 00 ga qadar t.umarova@csm.gov.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin (Elektron xat mavzusi: “tanlov”).

Tanlov natijalari joriy yilning 5 mart kuni Facebookʻdagi rasmiy sahifamizda eʼlon qilinadi.

Tanlov gʻolibi iPhone XS smartfonini qoʻlga kiritadi. Fursatni boy bermang!!!


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?