Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ogohlantiradi

15:43 29 Oktyabr 2020 Jamiyat
704 0

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning oʻzbek segmentida turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot gʻoyalarni targʻib qiluvchi maʼlumotlar tarqalmoqda.

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot boʻlgan gʻoyalarni targʻib qiluvchi maʼlumotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-modda (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish), 244 prim 3-modda (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) larida belgilangan javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlishi haqida ogohlantiramiz.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini (jurnalist, bloger va fuqarolar) omma eʼtiboriga havola qilinayotgan maʼlumotlarni avvalo qonunga xilof emasligini oʻrganib chiqishingizni soʻraymiz.

IIV Axborot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?