Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

19:03 28 Avgust 2018 Hujjatlar
818 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va maʻnaviy salohiyatini yuksaltirish, taʻlim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish, yoshlarga yurisprudensiya asoslari boʻyicha taʻlim berish, ularni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi koʻp yillik fidokorona xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun faxriy unvon berilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi”

Axmedshayeva Mavlyuda Axatovna - Toshkent davlat yuridik universitetining “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi” kafedrasi professori

Mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni taʻminlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chogʻida mardlik, jasorat va fidoyilik koʻrsatgani uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Mingbayev Ubaydulla Kurbanovich - Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Gazbayeva Dilyara Yuldashevna - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boshqarma boshligʻining oʻrinbosari

Maslova Nadejda Grigoryevna - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xalqaro-huquqiy boshqarmasi prokurori

II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan

Dadaboyev Sherzod Sheraliyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilya komandiri

Norgitov Shuxrat Irkinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasi boshligʻi

Rustamov Shavkatillo Assadilayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batalon komandirining oʻrinbosari

Xamdamov Abduvali Axmedovich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi boshligʻi

Xusanov Salimjon Erkinjonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari mintaqaviy shtabi boshligʻi

“Doʻstlik” ordeni bilan

Akbarov Ravshan Rustamovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisining oʻrinbosari

Gasanov Mixail Yusupovich - Toshkent davlat yuridik universitetining “Mehnat huquqi” kafedrasi dotsenti

Grankina Galina Nikolayevna - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi laboratoriya boshligʻi

IsoqovHoji-Murod Isroilovich - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori

“Mardlik” ordeni bilan

Allaberdiyev Sherali Iraliyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiyasi komandiri

Nazirov Davlat Jurabayevich - Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismi boʻlinma komandiri

Samanov Musurmon Jabbarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Uzaqov Ganchar Ummat oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Xalikchayev Zafarjon Toxirjonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining oʻrinbosari

“Jasorat” medali bilan

Abdualimov Sherzod Baxodirovich - Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadining safdor xodimi

Abidjonov Botirjon Baxodirjonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batalon komandirining birinchi oʻrinbosari

Joʻrayev Bahrom Abdisattorovich (marhum) - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani boʻlimi boshligʻi

Joʻrayev Rustambek Qaxramon oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari mintaqaviy shtabi yoʻriqchisi

Zaynutdinov Abdulaziz Boxodir oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Kurbanov Suxrob Ulmasovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batareya komandiri

Qurbonov Alisher Omonovich - Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismi boʻlinma komandiri

Mardonov Elyor Irdonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Mirzayev Buned Olimjonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bazasi katta mutaxassisi

Murodov Xusinali Yunusovich - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi boʻlinma boshligʻi

Palvayazov Asrorbek Jumaniyazovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi

Raxmonov Sherzodjon Akbarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi boshligʻi

XayrullayevUlugʻbek Qoʻldoshevich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

EshmirzayevElmurod Eshtemirovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvod komandiri

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Gubaydullin Damir Maratovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlim boshligʻi

Darmanov Murodjon Muxammadovich - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi kimyo yoʻriqchisi

Jumaniyazov Xalikbay Xasenbayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism shtabi boshligʻining oʻrinbosari

Joʻrayev Eshmurod Karshiyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi

Kim Oleg Vladimirovich - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi boʻlim boshligʻi

Muxamedov Farrux Erkliyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori

Nabiyev Sherzod Sharafutdinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari

Narbayev Ilxom Tashbekovich - Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi qutqaruvchi-haydovchisi

Nosirov Shuxrat Abdurasulovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari mintaqaviy shtabi guruh komandiri

Omonov Bektosh Nuriddinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiyasi texnik-haydovchisi

Ten Viktor Robertovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

Tuychiyev Ulugbek Ravshanboyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻz xavfsizlik boshqarmasining profilaktika va tezkor boʻlimi boshligʻi

Xalimbetov Anvar Baxtiyarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Shermatov Baxtiyor Yuzboyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari mutaxassislar va xizmat hayvonlarini tayyorlash markazi boshligʻi

Eshnayev Dilshod Muxitdinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

“Shuhrat” medali bilan

Avyasova Irina Rafailovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kafedrasi oʻqituvchisi

Axmadaliyev Elyorjon Umaraliyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

Bulutov Olimjon Muminovich - Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori

Yesemuratov Lepesbay Ajimuratovich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari

Jamolov Xamza Muxammadiyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari

Inanbabayev Akmalxon Maxmudovich - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” huquqiy axborot markazi” davlat unitar korxonasi direktori

Ismatov Sirojiddin Nimatovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism komandirining birinchi oʻrinbosari

Kasimov Davron Vaxidjonovich - Andijon viloyat iqtisodiy sudi sudyasi

Matchanov Baltabay Jumaniyazovich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslar soliq maʻmuriyatchiligi va kameral nazorat boʻlimi davlat soliq bosh inspektori

Narzillayev Bobir Kosimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiyasi komandiri

Nematillayev Baxodir Raxmatillayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi sanitar-yoʻriqchisi

Nematov Murot Xikmatovich - Buxoro viloyati Kogon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi

Nurishev Salamat Kudaynazarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiyasi komandiri

Radjapova Muxtaram Ziyodullayevna - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi sudlarda prokuror vakolatini taʻminlash kafedrasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi

Salimjonov Nodirbek Raximjonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Bojxona toʻlovlari boʻlimi boshligʻi

Sukachyova Yelena Mixaylovna - Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi Tahlil va prognozlash boʻlimi davlat soliq katta inspektori

Toshev Shamsiddin Shokirovich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari mintaqaviy shtabi harbiy xizmatchisi

Turdimuratov Alpisbay Jangabayevich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori

Xamidov Gafur Garifovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism katta muhandisi

Yusupova Rano Maxamadjanovna - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaavazirligi Chirchiq oliy tank qoʻmondon-muhandislik bilim yurti kafedrasi katta oʻqituvchisi

Yakubova Marxamat Kushbayevna - Toshkent shahar “POYTAXT” advokatlar hayʻati boshqaruvchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                     Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2018 yil 28 avgust


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?