O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiylarini mukofotlash to‘g‘risida

22:50 28 May 2018 Hujjatlar
1007 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Harbiy burchini ado etishda hamda tabiiy ofat davomida odamlar hayotini saqlab qolishda ko‘rsatgan mardlik va jasorati uchun quyidagilar “Jasorat” medali bilan mukofotlansinlar:
O‘razoliyev Shoxruxbek Norjigit o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari mutaxassis-granatomyotchisi (vafotidan keyin);

Muxidinov Bobirjon Nasirdinovich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari chegara posti boshlig‘ining o‘rinbosari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Toshkent shahri, 2018 yil 28 may


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?