Oʻzbekiston raisligida MDH Iqtisodiy Kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

16:53 30 Iyun 2020 Siyosat
64 0

2020-yilning 30-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi raisligida videokonferensaloqa shaklida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Iqtisodiy Kengashining navbatdagi 86-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

MDH ishtirokchi mamlakatlari hukumat rahbarlarining oʻrinbosarlari, iqtisodiy yoʻnalishdagi vazirlik va idoralari rahbarlari, shuningdek MDH Ijroiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida MDH mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati va COVID-19 pandemiyasi salbiy oqibatlarini minimallashtirish boʻyicha ehtimoliy kollektiv choralar haqida fikr almashdilar.

Moskva shahrida Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi hududida MDHga aʼzo davlatlarning koʻrgazma-savdo markazlarini yaratish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot eshitildi.

Tadbir yakunida iqtisodiyot, moliya, transport, sogʻliqni saqlash, veterinariya va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha 15 ta qaror qabul qilindi.

Xususan, Xalqaro tashishlarda transport xavfsizligini taʼminlash strategiyasi, saraton kasalligiga qarshi kurashish, intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirish, hamda veterinariya sohasidagi hamkorlik konsepsiyalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejalari loyihalari maʼqullandi.

Tomonlar Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Iqtisodiy Kengashining navbatdagi 87-yigʻilishini 2020-yil cyentyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?