O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston qo‘shma turistik turlar o‘tkazishni rejalashtirayapti

16:11 22 Iyun 2018 Jamiyat
299 0
Illyustrativ foto

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston qo‘shma turistik turlar o‘tkazishni rejalashtirayapti. Bu haqda Qirg‘iziston turizm departamenti mutaxassisi Sanjar Borkeyev ma’lum qildi.

“Hukumatlararo darajada mazkur davlatlarga ular kombinatsiyalashtirilgan turlar g‘oyasini ko‘rib chiqishlari uchun xatlar jo‘natildi. Bugun xususiy sayyohlik kompaniyalari Qirg‘iziston fuqarolari uchun Almati, Buxoro, Samarqand, Toshkentga sayohatlar tashkil etib beryapti, qo‘shma turlar esa Qozog‘iston va O‘zbekistonda davlat darajasida amalga oshiriladi”, - deydi u.

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidovning qayd etishicha, O‘zbekiston uchun turistik bazani rivojlantirish strategik jihatdan muhim sanaladi va shuning uchun ham O‘zbekiston tomoni qo‘shma kombinatsiyalashtirilgan turlar yaratilishiga tayyor.

O‘z navbatida, Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekistonda 60 kun mobaynida vizasiz bo‘lib turishi mumkinligi aytib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 16 martdan boshlab Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida ham vizasiz rejim joriy etilgan bo‘lib, bu boradagi vizasiz bordi-keldi muddati 30 kun etib belgilangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?