Oʻzbekiston Qozogʻiston va Moʻgʻilistonga tamaki eksport qilishni boshladi

10:11 30 Oktyabr 2018 Jamiyat
488 0

Oʻzbekiston Qozogʻiston va Moʻgʻilistonga tamaki eksport qilishni boshladi. Bu haqida “UzBAT” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Koʻp yillik tanaffusdan soʻng shu yil yozda Samarqand tamaki fabrikasida modernizatsiya jarayonlari amalga oshirilgach, kompaniya oʻz mahsulotlarini eksport qilishni boshladi.

Iyun oyidan Qirgʻiziston, iyuldan Ukrainaga ilk tovarlar chiqarildi.

Yaqindan boshlab esa Almati va Ulan-Batorga mahsulot ortilgan yuk mashinalari joʻnatildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?