O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida Yaponiya bilan hamkorlik qiladi

15:21 27 Iyun 2018 Iqtisodiyot
388 0

Poytaxtimizda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishi hamda ushbu tadbir doirasida V2V formatida kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi. Bu haqda muxbirimiz Dilshod Ulug‘murodov xabar berdi.

Yig‘ilishda tomonlar avvalgi yillardagi ishchi guruhlar tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni muhokama etishdi.

Jumladan, istiqbolda qishloq xo‘jaligi ekinlarining seleksiyasi va urug‘chiligi yo‘nalishida tabiatning noqulay omillari, turli kasallik hamda zarakunandalarga bardoshli, serhosil navlarni yaratish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, resurstejamkor texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, chorvachilikda naslchilik ishlarini takomillashtirish, mevani qayta ishlash, saqlash bo‘yicha eng zamonaviy texnologiyalarni tarmoqqa jalb etish, kadrlar tayyorlash va mutaxassislarning malakasini oshirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish kabi qator loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Tadbir doirasida V2V doirasida o‘tkazilgan kooperatsion birjada Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO), Yaponiyaning “Nomura” ilmiy-tadqiqot insituti, “Kindos Co.Ltd”, “Kinosawa Co. Ltd”, “Fykadasyouten Co.Ltd”, “OYO Corporation”, “Hokkaido Intellekt Tank”, “Nissin” singari kompaniya va korporatsiyalari bilan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Innovatsion rivojlantirish vazirliklari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekoziqoqkatxolding” kompaniyasi, “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekbaliqsanoat”, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?