Oʻzbekiston Qirgʻizistonga 100 mln. dollar kredit berishni rejalashtirmoqda

16:05 01 Avgust 2019 Jamiyat
226 0

Illyustrativ foto

Hozirda Qirgʻizistonga xizmat safari bilan borgan Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mezbon davlat Bosh vaziri bilan muzokararalar oʻtkazdi. Unda Oʻzbekistonning Qirgʻizistonga 100 mln. dollar kredit berishi masalasi ham muhokama qilindi.

Bu haqda Qirgʻiziston iqtisodiyot vaziri Sanjar Mukanbetov jurnalistlarga maʼlum qildi, deb xabar berdi 24.kg manbasi.

Uning soʻzlariga koʻra, 2018-yil kuzida ikki davlat rahbarlari uchrashuvi chogʻida kredit liniyasini ochishga kelishib olingan. Qarz “Ayil Bank” orqali jun va terini qayta ishlovchi qirgʻizistonlik tadbirkorlarga berildi.

U Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro tovar aylanmasi hajmini 1 mlrd. dollarga yetkazish oldinda turgan eng asosiy vazifa ekanligini taʼkidlagan. 2018-yil yakunlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 340 mln. dollar, 2019-yilning dastlabki besh oyi davomida esa 130-140 mln dollarni tashkil etgan.

“Import eksportdan yuqoriroq. Biz Oʻzbekistondan asosan meva-sabzovotlarni import qilsak, koʻmir va sementni eksport qilamiz.Qolaversa, Qirgʻizistondan Oʻzbekistonga sement eksporti masalasini koʻrib chiqyapmiz. U imtiyozli shartlar asosida yetkazilmoqda, ammo 2019-yilning 1-oktyabrida ushbu muddat tugaydi. Biz ushbu imtiyozli rejim saqlanib qolinishi uchun kelishib olamiz”, – deydi S.Mukanbetov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?