“Oʻzbekiston — Qirgʻiziston — Xitoy” temir yoʻli quriladi

17:11 11 Oktyabr 2019 Jamiyat
176 0

Transport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Islohotlar va rivojlanish boʻyicha davlat qoʻmitasining Chet el kapitali va xorijiy investitsiyalar departamenti bosh direktori oʻrinbosari Chjen Chiping boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “Oʻzbekiston — Qirgʻiziston — Xitoy” temir yoʻl loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy tomoni mazkur temir yoʻl liniyasi oʻtishi mumkin boʻlgan hududlar boʻyicha oʻz takliflarni bildirdi. Tomonlar temir yoʻl liniyasi nafaqat bir davlat, balki butun mintaqa rivoji va taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlashdi.

Shuningdek, mamlakatlar oʻrtasida multimodal tashuvlar hajmini koʻpaytirish, hamkorlikda avtomobil tashuvlarini yanada rivojlantirish ishlari ham bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri, deya aytildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?