O‘zbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq SHHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati qabul qilindi

11:50 10 Iyun 2018 Siyosat
295 0

SHHT Davlat rahbarlari kengashi majlisidan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.

Sammit natijalari bo‘yicha Sindao deklaratsiyasi qabul qilindi. Yana bir qator hujjatlar imzolandi.

O‘zbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq SHHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati qabul qilingani sammitning yana bir ahamiyatli voqeasi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov SHHT Bosh kotibligiga tasdiqlandi.

Tojikiston vakili Jumaxon G‘iyosov SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori etib tayinlandi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?