O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili AQSH elchisi bilan uchrashdi

14:25 19 Iyul 2018 Siyosat
276 0
Fotо: Sputnik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Tashqi ishlar vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlen bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat chog‘ida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlariga ko‘ra, 2018 yil 27 martda qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston va AQSH hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilingan.

Uchrashuvda O‘zbekiston – AQSH kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?