Oʻzbekiston Prezidentining Germaniyaga tashrifi arafasida qanday forum boʻlib oʻtadi?

18:19 11 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
420 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi arafasida 14 yanvar kuni Berlinda oʻzbek-nemis biznes-forumi, mezbon davlat kompaniyalari, tashkilotlari va bank-moliya institutlari oʻrtasida ikki tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtadi. Ushbu tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Germaniya iqtisodiyoti sharqiy qoʻmitasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Unda GFR iqtisodiyot va energetika federal vazirligi, YETTB, GFR savdo-sanoat palatasi va Germaniya-Oʻzbekiston ishbilarmonlik kengashi mutasaddilari ishtirok etishi kutilyapti.

Forumda Germaniyaning “ThyssenKrupp”, “MAN”, “Knauf”, “Linde”, “Takraf”, “Deutsche Bahn”, “Siemens”, “CLAAS”, “Deutsche Lufthansa” kabi 250 ta mashhur kompaniyasi vakillari ham qatnashadi.

Unda ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik, Oʻzbekiston hududida neft-kimyo va kimyo sanoati, sogʻliqni saqlash, agrosanoat, mashinasozlik, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda turizm kabi sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinadi. Yakunda sarmoyaviy va savdo bitimlarini imzolash rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?