Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

22:43 09 Oktyabr 2018 Siyosat
986 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-9 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Prezidentining Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Davlat rahbarlarining Yelisey saroyida oʻtgan muzokaralari har tomonlama samarali boʻldi. Ikki mamlakat uchun manfaatli va uzoq muddatli kelishuvlarga erishildi.

Hukumatlararo va idoralararo 10 ta hujjat imzolandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni Parijdan Toshkentga joʻnab ketdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?