Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston rahbari bilan uchrashdi

12:16 29 Noyabr 2019 Siyosat
137 0

Toshkentda oʻtayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida 29-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

Turkmaniston rahbarining Oʻzbekistonda amaliy tashrifi 28-noyabr kuni boshlangan edi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari va ularni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

Davlat rahbarlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?