Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi

11:55 12 Oktyabr 2019 Siyosat
226 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 14-15-oktyabr kunlari Boku shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammitida ishtirok etadi.

Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Oʻzbekiston, kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladilar.

Sammitda Turkiy kengashga aʼzo davlatlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasining toʻla huquqli aʼzo sifatida Tashkilotga qoʻshilishi toʻgʻrisida Qoʻshma bayonoti qabul qilinadi.

Uchrashuv yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yettinchi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Prezidentimiz Bokuga tashrifi doirasida sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?