O‘zbekiston Prezidenti SHHT sammitida ishtirok etadi

11:09 07 Iyun 2018 Siyosat
245 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 8-10 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida o‘tadigan o‘n sakkizinchi majlisida ishtirok etadi.

Sammitda tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi aloqalarni faollashtirish masalalari hamda ko‘p tomonlama hamkorlikning boshqa jihatlari muhokama qilinadi.

Davlatimiz rahbari SHHT sammiti doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?