Oʻzbekiston Prezidenti Gujaratga keldi

20:06 17 Yanvar 2019 Siyosat
262 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni Hindistonning Gujarat shtati Ahmadobod shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbarini “Ahmadobod” xalqaro aeroportida Gujarat shahri gubernatori, Hindiston qishloq xoʻjaligi vaziri va boshqa rasmiy shaxslari kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev 18 yanvar kuni Gandinagar shahriga tashrif buyurib, “Joʻshqin Gujarat” sammitida ishtirok etadi hamda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara oʻtkazadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?