Oʻzbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vazirini qabul qildi

11:40 11 Oktyabr 2019 Siyosat
323 0

MDHning Ashxobod sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyov Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyanni qabul qildi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Hukumatlararo va idoralararo darajada oʻzaro almashinuvlarni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

Xalqaro siyosat va koʻp tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?