Oʻzbekiston Prezidenti AQSH Prezidentini tabrikladi

11:39 04 Iyul 2019 Siyosat
229 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yoʻlladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, 1776-yil 4-iyulda AQSHda mustaqillik deklaratsiyasi imzolangan va davlat Buyuk Britaniya qirolligiga mustamlakasidan ozod boʻlgan. Shundan buyon 4-iyul AQSHda mustaqillik kuni sifatida bayram qilib kelinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?