Oʻzbekiston Prezidenti 31-iyul kuni Belarusga rasmiy tashrif bilan boradi

11:05 25 Iyul 2019 Siyosat
480 0

Iyul oyi oxirida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga birinchi rasmiy tashrifi boʻlib oʻtadi. Bu haqda RIA Novosti mamlakatimizning Minskdagi elchisi Nosirjon Yusupovga tayangan holda xabar berdi.

Safar 31-iyul kuni boshlanadi va 1-avgustga qadar davom etadi. Bu Oʻzbekiston rahbarining Minskka birinchi rasmiy tashrifidir.

Taʼkidlanishicha, Minskda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarning ayrim yakunlari tahlil qilinadi va yangi ustuvor loyihalar belgilab olinadi.

Sal oldin Lukashenko Mirziyoyevni unga qulay vaqtda kutayotgani va “doʻst hamda birodar“ sifatida qarshi olishga tayyorligini aytgan edi.

Minskda 29-30-iyul kunlari Belarus va Oʻzbekiston mintaqalarining birinchi forumi boʻlib oʻtadi. Unda ikki mamlakat hududlari, vazirlik va idoralari, parlamentlari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etadilar.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyevning Minskka tashrifi oldidan Belarusda Oʻzbekiston madaniyati kunlari oʻtkaziladi hamda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy byusti ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?