Oʻzbekiston poytaxtini Jizzaxga koʻchirish taklifi yuzasidan oʻtkazilgan soʻrov natijalari

14:53 25 Fevral 2019 Jamiyat
2506 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston poytaxtini Toshkentdan Jizzaxga koʻchirish haqida taklif yuzasidan “Sputnik Oʻzbekiston” agentligi soʻrov oʻtkazdi.

Soʻrovda 649 kishi ishtirok etdi. Natijalarga koʻra, 50 foizdan ortiq kishi mamlakat poytaxtini Jizzax shahriga koʻchirish maqsadga muvofiq emas, degan bandga ovoz bergan. Koʻpchilik oʻzbekistonliklar bu tashabbusni byudjet mablagʻini isrof qilish, deya baholagan.

Biroq 13 foiz kishi poytaxtni respublikaning geografik markazida tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan.

Soʻrovda qatnashganlarining 17 foizdan ziyodi Samarqandga poytaxt maqomini qaytarishga ovoz bergan. Aynan Samarqand shahri XIV asrda Amir Temur davlatining, 1925 — 1930 yillarda esa Oʻzbekiston SSRning poytaxti boʻlgan.

Soʻrovda qatnashganlarning 10 foizga yaqin qismi Oʻzbekiston poytaxtini yangi joyda tashkil qilishga ovoz bergan.

Shuningdek, 9 foizdan ortiq respondentlar “hukumat bu qadamga bormasligi” haqidagi bandga ovoz bergan.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik yozuvchisi Mamadali Mahmudov “Oʻzbekiston iqtisodiy qudrat choʻqqisiga yetganda, poytaxtni Jizzax viloyatiga koʻchirish kerak”, degan taklif bilan chiqqandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?