Oʻzbekiston Paraosiyo oʻyinlarida oʻz rekordini yangiladi!

18:54 10 Oktyabr 2018 Sport
226 0

Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo oʻyinlari davom etmoqda. Oʻyinlarning toʻrtinchi kuni ham hamyurtlarimiz uchun omadli keldi. Bugun sportchilarimiz tomonidan 15 ta medal qoʻlga kiritildi. Ularning 7 tasi oltin, 3 tasi kumush va 5 tasi bronza medallaridir.

Bugungi sovrindorlarimiz roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi:

Oltin:

Vasila Aliboyeva (dzyudo)
Shirin Sharipov (dzyudo)
Temurbek Giyazov (yengil atletika)
Bobirjon Omonov (yengil atletika)
Mansur Abdirashidov (yengil atletika)
Firdavsbek Musabekov (suzish)
Fotimaxon Amilova (suzish

Kumush:

Shuhrat Boboyev (dzyudo)
Shohsanamxon Toshpoʻlatova (suzish)
Mohigul Hamdamova (yengil atletika)

Bronza:

Sharif Halilov (dzyudo)
Feruzaxon Yusupova (dzyudo)
Sabina Suxanova (yengil atletika)
Islam Aslanov (suzish)
Nigoraxon Mirzohidova (suzish)

Shu tariqa, oʻyinlarning toʻrtinchi kunidan soʻng hisobimizdagi medallar soni 47 taga yetdi. Vakillarimiz tomonidan shu kungacha 25 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medallari qoʻlga kiritilgan. Medallar jamgʻarish boʻyicha umumjamoa hisobida Xitoy, Janubiy Koreya va Erondan soʻng toʻrtinchi oʻrinni egallab turibmiz.

Qayd etish lozimki, ushbu natijalar orqali Oʻzbekiston Paraosiyo oʻyinlaridagi rekordni yangiladi. Toʻrt yil avval Incheonda oʻtkazilgan Paraosiyo oʻyinlarida sportchilarimiz 22 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan edilar. Hali oʻyinlar yakunlanishiga ikki kun borligini inobatga oladigan boʻlsak, bu koʻrsatkich yanada yaxshilanishi aniq.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?