O‘zbekiston o‘tgan oyda Ukrainadan kamroq shakar import qildi

14:17 13 Iyul 2018 Iqtisodiyot
217 0
Illyustrativ foto

Joriy yilning iyun oyida ham Ukraina shakarini eng ko‘p sotib olgan mamlakat O‘zbekiston bo‘ldi. Bu haqda Ukraina milliy shakar ishlab chiqarish assotsiatsiyasi “Xalq so‘zi Online”ga ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, iyun oyida Ukraina 67,6 ming tonna (may oyida 54 ming tonna) shakarni eksport qilgan. Bu may oyiga nisbatan 29 foizga ko‘proq degani. Eksport hajmining bu qadar oshishiga O‘zbekiston bilan birga Liviya mamlakatining ko‘p miqdorda shakar sotib olishi sabab bo‘lgan.

“Iyun oyida Ukraina shakarining eng asosiy importchisi O‘zbekiston bo‘ldi. Ular umumiy eksport qilingan shakarning 51 foizini (34,5 ming tonna) sotib olishdi. Qolgan importchilardan Liviya 35 foiz, Ozarboyjon 5, Armaniston va Gruziya 3 foiz shakarni import qilgan”, deydi tashkilot mutasaddilaridan biri Ruslan Butilo.

May oyida Ukraina 54 ming tonna shakar eksport qilgan bo‘lib, ularning 72 foizini (salkam 39 ming tonna) O‘zbekiston import qilgandi. Iyunga kelib bu ko‘rsatkich kamayganini ko‘rishimiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?