O‘zbekiston oxirgi to‘qqiz oyda Tojikistonga 1,3 million AQSH dollarilik avtomobillar sotdi

17:27 04 Iyul 2018 Iqtisodiyot
252 0

GM Uzbekistan O‘zbekiston-AQSH avtomobil kompaniyasi o‘tgan yilning sentyabridan beri Tojikistonga umumiy qiymati 1,3 million dollarlik avtoulovlarni eksport qildi. Bu haqida Podrobno.uz xabar berdi.

Qayd etish joiz, GM Uzbekistan tomonidan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida bu boradagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar olib borilayapti. O‘tgan yili qo‘shni davlatda tashkil etilgan Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi hamda o‘zbek-tojik biznes forumida avtomobillarimiz ilk bor namoyish etilgandi. O‘z navbatida2017 yil sentyabr oyidan boshlab Tojikistonda Ravon markazlashtirilgan saloni ochilib, u yerda Damas, Labo, Spark, Sobalt, Gentra, Nexia kabi markalar sotuvi yo‘lga qo‘yildi.

Yaqin oylarda esa Tojikistonning boshqa mintaqalarida ham GM Uzbekistan avtosalonlari ochilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning dastlabki besh oyida Rossiyada Ravon brendi savdosi 40 foiz oshgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?