O‘zbekiston normativ-huquqiy bazasida raqamli bank atamasi paydo bo‘ldi

12:22 02 Avgust 2018 Jamiyat
1027 0
Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va ko‘shimcha kiritish haqida”gi qarori asosida qonunchilikka raqamli bank atamasi kiritildi

Unga ko‘ra, raqamli bank – innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda(kassa xizmatini ko‘rsatmasdan) bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatuvchi bank yoki uning tarkibiy bo‘linmasi. Raqamli banklar tomonidan bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatish bank ichki tartib qodilariga asosan qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Raqamli bankni ro‘yxatga olish tartibi an’anaviy banklarniki kabi bo‘ladi.

Mazkur tizim mijozlarga masofadan turib bank xizmatlarini ko‘rsatish, vaqt, masofa va ortiqcha sarf-xarajatlarni tejash imkonini beradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?