Oʻzbekiston navbatdagi Osiyo oʻyinlaridan biriga mezbonlik qilishi mumkin

11:20 13 Noyabr 2018 Sport
442 0

Oʻzbekiston 2030 yil oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qilish mumkin. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimovga tayanib “Xalq soʻzi“ muxbiri xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, hozirgi paytda 2030 yil oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qilish imkoniyatlari oʻrganib chiqilmoqda. Buning uchun mamlakatimizda mavjud boʻlgan sport inshootlari, logistika, transport va mehmonxona infratuzilmalarining quvvatlarini tahlil qilish va chet el tajribasini oʻrganish asosida munosib sport infratuzilmasini yaratish masalalari yuzasidan Hukumatga takliflar kiritiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?