Oʻzbekiston National Geographic Traveler Awards 2019 tanlovida “Yil kashfiyoti” boʻlishi mumkin. Ovoz bering

01:02 31 Avgust 2019 Jamiyat
90 0

Armaniston, Tayvan, Ummon, Ruminiya hamda Oʻzbekiston National Geographic Traveler Awards 2019 tanlovining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida gʻoliblik uchun kurash olib bormoqda. National Geographic jurnalining Rossiyadagi versiyasiga koʻra, joriy yilda eng yaxshilar 24 nominatsiya boʻyicha saralanmoqda. Mazkur mukofotni qoʻlga kiritish xalqaro turizm olamida juda katta nufuzga ega. “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida Oʻzbekiston hozircha 22 foiz ovoz olib, 43 foiz ovozga ega Armanistondan keyin ikkinchi oʻrinda kelmoqda, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.

Uchinchi oʻrinda 17 foiz ovoz bilan Ruminiya mamlakati qayd etilgan. Toʻrtinchi va beshinchi pogʻonalarni 9 foiz ovoz bilan Tayvan hamda Ummon egallamoqda. Taʼkidlash joizki, National Geographic Traveler Awards 2019 ning oʻtgan yilgi tanlovida Oʻzbekiston “Gastronomik turizm” yoʻnalishida gʻolib sifatida eʼtirof etilgan edi. Bu yilgi ovoz berish jarayoni 12-oktyabrga qadar davom etadi. Oʻzbekiston turizmining jahon sahnida yuksalishiga oʻz hissangizni qoʻshing va uning “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida gʻolib boʻlishi uchun quyidagi havola orqali ovoz bering.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?