Oʻzbekiston muftiysi oʻzi taʼlim olgan Ishtixondagi maktabga kitoblar sovgʻa qildi

19:02 28 Mart 2019 Jamiyat
676 0

Prezidentimizning kitob mutolaasi orqali yoshlar taʼlim-tarbiyasini yaxshilashga oid tashabbusiga mos ravishda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov oʻzi taʼlim olgan Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot mahallasida joylashgan 70-umumtaʼlim maktabiga shaxsiy kutubxonasidan badiiy-ommabop va diniy-maʼrifiy adabiyotlarni sovgʻa qildi.

Ushbu kitoblar maktab oʻquvchilarining yanada chuqur bilim olishi, dunyoqarashi kengayishi va maʼnan kamolga yetishiga katta xizmat qiladi.

Muftiy oʻquvchi-yoshlarga maʼrifatli inson boʻlish uchun, avvalo, yoshlikda puxta ilm olish zarurligi, koʻp kitob mutolaa qilish kerakligi, maktab taʼlimini yaxshi oʻzlashtirish muhimligini aytib, “Yoshlikda oʻrganilgan ilm toshga oʻyilgan naqsh kabidir” degan naqlni izohlab berdi. Imom Buxoriy bobomizning “Dunyoda ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay”, degan hikmatining mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?