Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi uchun Mi-35M vertolyotlari keltirildi

22:55 13 Fevral 2020 Jamiyat
125 0

Фото: Telegram / Новости Ташкентского Неба

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ixtiyoriga toʻrtta Mi-35M vertolyoti yetkazib berildi. Ayni vaqtda vertolyotlar Toshkent xalqaro aeroportida. Xabar qilinishicha, Rossiya tomoni umumiy hisobda 12 ta jangovar va transport vertolyotlari yetkazishi lozim.

Mi-35M vertolyotlari dushmanning zirhli texnikasini yoʻq qilish va quruqlikdagi qoʻshinlarni havodan qoʻllab-quvvatlash xususiyatiga ega. U zamonaviy qurol-yaroqqa ega boʻlib, har qanday ob-havo sharoitida ucha oladi.

Mi-35M odamlarni tashish uchun ham moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz, birinchi toʻrtta vertolyot 2019-yil toʻrtinchi choragida yetkazib berilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?