Oʻzbekiston mudofaa vaziriga matbuot kotib tayinlandi

17:48 11 Oktyabr 2019 Jamiyat
243 0

Podpolkovnik Zulfiqorov Bahrom Bilolidinovich mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Bahrom Zulfiqorov 1980-yilda Andijon viloyatining Boʻz tumanida tugʻilgan. 2001-yilda Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtini imtiyozli diplom bilan, 2008-yilda esa Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini tamomlagan.

Bunga qadar Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasida boʻlim boshligʻi lavozimida xizmat qilgan.

Eslatib oʻtamiz, mudofaa vazirining matbuot kotibi bir vaqtning oʻzida Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi sanaladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?