Oʻzbekiston mudofaa vaziri Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

11:22 20 Fevral 2019 Jamiyat
477 0

Bugun, 20 fevral kuni Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Pokiston Quruqlikdagi qoʻshinlari Bosh shtabi boshligʻi general-leytenant general-leytenant Nadim Raza boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki tomonlama uchrashuv doirasida mintaqada xavfsizlikni taʼminlash, mamlakatlararo harbiy va harbiy texnik hamkorlikni rivojlantirish hamda harbiy taʼlim sohasida maqsadli aloqalarni yuqori pogʻonaga koʻtarish masalalari yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Ikki mamlakat mudofaa idoralari oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga koʻtarish, manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Eslatib oʻtamiz, ertaga, 21 fevral kuni Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshliqlarining navbatidagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afgʻoniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirgʻiziston Respublikasi qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, AQSH Qurolli Kuchlari SЕNTKOM qoʻmondoni ishtirok etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?