Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi

20:42 14 Yanvar 2019 Jamiyat
399 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizov general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, polkovnik Azizbek Ikramovga general-mayor harbiy unvoni berildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga muvofiq, Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Bugun, 14-yanvar kuni ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev yigʻilganlarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, ularga mukofot topshirishni yuksak sharaf deb bilishini taʼkidladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?