Oʻzbekiston milliy jamoasining Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyini sanasi oʻzgardi

21:58 17 Sentyabr 2020 Sport
274 0

«Oʻzbekiston milliy jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qoʻshma saralash bosqichi keyingi yilga qoldirilganiga qaramay, mazkur bosqich uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib boradi.

Shu sababli, Milliy jamoamiz oktyabr oyida Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻini tashkil etadi. Ushbu yigʻin doirasida avval xabar berganimizdek ikkita xalqaro oʻrtoqlik oʻyini rejalashtirilgan.

Dastlab Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy jamoamiz Eronga qarshi oʻrtoqlik bahsida maydonga tushadi. Ushbu oʻyin Eron Islom Respublikasi futbol federatsiyasining iltimosiga binoan bir kun keyinga yaʼni 8-oktyabrga koʻchirildi. Mazkur bellashuv “Paxtakor” stadionida soat 18.00da boshlanadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston milliy jamoasi 12-oktyabr kuni Dubay shahrida BAA vakillariga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi», – deya xabar berdi OʻFA matbuot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?