Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “China Cup 2019”da Urugvayga yirik hisobda yutqazdi

18:39 22 Mart 2019 Sport
641 0

Foto: tribuna.uz

Xitoyning Nanning shahrida “China Cup 2019” xalqaro musobaqasi davom etmoqda.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yarimfinalda Urugvayga qarshi oʻynadi va 0:3 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Sanjar Quvvatov qoʻriqlagan darvozaga gollarni urugvaylik futbolchilar Pereyro va Stuani (2 ta) kiritdi. Bu haqda tribuna.uz xabar berdi.

Dastlabki yarimfinal bahsida musobaqa mezboni Xitoy milliy jamoasi Tailandga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida yengilgan edi.

Endi Urugvay milliy jamoasi finalda Tailand bilan bellashadi. Oʻzbekiston esa 3-oʻrin uchun Xitoyga qarshi oʻynaydi. Har ikkala bahs 25 mart kuni boʻlib oʻtadi.

“China Cup 2019, 1/2 final.

22 mart, Nanning, Guanxi Sports Centre stadioni.

Urugvay — Oʻzbekiston 3:0

Gollar: Pereyro (5), Stuani (24, 82).

Bosh hakam: Milorad Majich (Serbiya).

Urugvay: Muslera, Kaseres, Godin (Koates 64), Ximenes, Laksalt (Gonsales 61), Nandes (Rodriges 77), Vesino, Bentankur, Lodeyro (Sarachchi 61), Stuani, Pereyro.

Oʻzbekiston: Quvvatov, Sayfiyev, Ismoilov, Krimes, Hoshimov, Ahmedov, Shukurov, Sidiqov (Aliboyev 72), Masharipov, Hamdamov (Mirzayev 64), Shomurodov (Bikmayev 64).

Ogohlantirishlar: Hoshimov (59), Masharipov (79), Ximenes (85).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?