Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga yangi vitse-prezident saylandi

16:27 16 Noyabr 2020 Sport
254 0

Bugun Milliy olimpiya qoʻmitasida MOQ Bosh assambleya yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda tashkiliy masalalarga ham eʼtibor qaratildi. Xususan, kun tartibidan tashkilotga yangi vitse-prezident saylash masalasi ham koʻrib chiqildi. 

Unga koʻra, Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi sifatida faoliyat olib borgan Sherzod Rixsibayevich Tashmatov MOQda vitse-prezident lavozimiga saylandi. 

Maʼlumot uchun, Sherzod Tashmatov uzoq yillardan buyon sport sohasi rivojiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. U oʻz vaqtida Oʻzbekiston boks federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti sifatida ham koʻplab yutuqlarga erishgan. Xususan, Rio Olimpiadasida bokschilarimizning muvaffaqiyati ham uning xizmаtlari katta boʻlgan. Oʻshanda Oʻzbekiston charm qoʻlqop ustalari Olimpiadada 7 ta medalga ega chiqqan edi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?