O‘zbekiston meva va sabzavotlari Rossiya viloyatlaridan biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilishi mumkin

14:37 16 Iyul 2018 Iqtisodiyot
395 0
Foto: rra.uz

O‘zbekiston Respublikasi meva va sabzavotlarni Irkutsk viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni taklif qildi. Bu haqda gubernator Sergey Levchenko bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tilgan, deya xabar bermoqda “Interfaks” Irkutsk hokimiyati matbuot xizmatiga tayanib.

Manba xabarida qayd etilishicha, hozirgi vaqtda O‘zbekiston meva va sabzavotlari ortilgan mashinalar Novosibirsk shahriga kelib, bojxonadan o‘tkazilmoqda. Shundan so‘ng, mahsulotlar ulgurji bozorga yetkazilmoqda, u yerda esa mahsulotlarni Irkutsk korxonalari xarid qilishadi. Agar bu korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilsa, meva va sabzavotlar tezroq yetkazib berilgan bo‘lardi.

“Biz bu yerga eski aloqalarni tiklash uchun keldik. Meva va sabzavotlarni, birinchi navbatda piyozni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz. Biz ikki tomonlama savdoning rivojlanishidan manfaatdormiz”, - degan uchrashuvda Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov.

Irkutsk gubernatori mutasaddi vazirliklar va “Rosselxoznadzor” tashkilotiga mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish masalasini hal qilish bo‘yicha topshiriq bergan.

Avvalroq, transport-logistika infratuzilmasining sust rivojlangani, tez buziladigan mahsulotlarni saqlash terminallarining yo‘qligi, uch kungacha vaqt oladigan bojxona rasmiyatchiligi tufayli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish yo‘lga qo‘yilmay qolgan edi. Hozirgi kunda bu jarayon 24 soatgacha qisqargan, transport va logistika muammolari yechilgan. Irkutsk bojxonasi ham O‘rta Osiyodan yetkazilayotgan mahsulotlarni o‘z vaqtida rasmiylashtira olyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?