Oʻzbekiston meva-sabzavot mahsulotlari BAA savdo rastalarini zabt etmoqda 

22:18 06 Iyul 2020 Iqtisodiyot
422 0

Mamlakatimizning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasida “Oʻzbekistondan Birlashgan Arab Amirliklariga mevalarni eksport qilishni ragʻbatlantirish” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Tadbirda “PAF Fruit and Vegetables Trading LLC” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Muhammad Zuxdi (koʻp yillar davomida Afrika mamlakatlaridan BAAga meva-sabzavot mahsulotlari importini yoʻlga qoʻygan), “Ittihad” hamda “IC” transport-logistika kompaniyasi vakillari B.Sidikov va R.Ibragimovlar hamda “Bonapreza” distribyutorlik kompaniyasi rahbari S.Safarov (BAAda Oʻzbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksportchisi) ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga Oʻzbekistonning BAA va mintaqa mamlakatlariga eksportni rivojlantirishga qaratayotgan saʼy-harakatlari, shuningdek, eksportchi va transport-logistika faoliyati bilan shugʻullanadigan kompaniya vakillariga taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni hal etish yoʻllari muhokama qilindi, “ishlab chiqaruvchi – yuk tashuvchi – distribyutor – yakuniy isteʼmolchi” zanjirida oʻzaro hamkorlikni yaxshilashga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbir yakunida “PAF Fruit and Vegetables Trading LLC” va “Bonapreza” kompaniyalari Birlashgan Arab Amirliklari bozorlariga Oʻzbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish hamda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?