“Oʻzbekiston” mehmonxonasining narxi arzonlashdi

10:55 09 Avgust 2019 Jamiyat
216 0

Bu haqda Davlat aktivlarini boshkarish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Oʻzbekiston” mehmonxona kompleksini sotish boʻyicha oshkora tanlov savdolariga taklif etadi.

“Otel Oʻzbekiston” MCHJ qoʻshma korxonasi ustav kapitalidagi davlat ulushi yer va unda joylashgan infratuzilma obyektlari hamda “Oʻzbekiston” mehmonxona kompleksi binosidan 99 yil davomida foydalanish (tasarruf etish huquqisiz) huquqi shaklida shakllantirilgan.

Mazkur obyekt davlat ulushining boshlangʻich narxi 10 foizga pasaytirilib, 29,7 mln. AQSH dollari etib belgilandi.

Investitsiya majburiyatlariga koʻra, majmuani sotib olgan investorga ikki yil ichida 100 000 milliard soʻm miqdorida sarmoya kiritishi, 10 yil davomida asosiy faoliyat turi yaʼni mehmonxona xizmati koʻrsatishni saqlab qolgan holda tashqi fasadini oʻzgartirmasdan mehmonxonani taʼmirlashi va boshqaruvga eng ilgʻor menejerlarni jalb qilishi talab etiladi.

Toshkent shahrining qoq yuragida joylashgan ushbu koʻrkam majmuaning umumiy yer maydoni 17.482 m2 ni tashkil etadi. Bino 17 qavatdan iborat boʻlib, jami 315 ta xonasi mavjud. Ular 83 ta bir kishilik (standart), 60 ta 1 kishilik (yaxshilangan), 59 ta yarim lyuks standartdagi (ikkita yotoqli), 105 ta ikki kishiga moʻljallangan (twin) hamda 7 ta lyuks, shuningdek, 1 ta (grand lyuks) xonalaridir. 

Mehmonxona majmuasida 2 ta 330 kv.m kenglikdagi anjumanlar zali hamda 2 ta 2 020 kv.m. kenglikdagi 550 oʻringa moʻljallangan banket zallari mavjud. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida minibar, restoran, savdo va valyuta ayirboshlash shahobchalari, sport xonasi, sauna, basseyn, avtoturargoh, bepul internet xizmatlari tunu-kun faoliyat koʻrsatadi.

Mehmonxona majmuasi metroning yonginasida joylashgan boʻlib, xalqaro aeroportgacha 10 km., Shimoliy vokzalgacha 7 km. masofadir.

Mazkur majmua 2017-yilda 7 milliard 100 million soʻm, 2018-yilda 6 milliard 300 million soʻm sof daromad koʻrgan.

Tanlov savdolarida ishtirok etish uchun talabgor mazkur davlat ulushi boshlangʻich narxining kamida 15 foizi miqdoridagi mablagʻlarini pul oʻtkazish yoʻli bilan quyidagi hisob raqamiga zakalatga qoʻyishi shart:

Chet el valyutasida pul oʻtkazish uchun, valyuta hisob raqami: 21 508 840 000 600 289 002, korrespondent bank: CITIBANK N.A., New York, SWIFT: CITIUS 33, USA, Acc.: 36115651, benefitsiar bank: Central Bank of Uzbekistan, SWIFT: CBUZUZ22;

Milliy valyutada pul oʻtkazish uchun, bank kodi: 00014, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar bosh boshqarmasi, qabul qiluvchining hisob raqami: 23402000300100001010, toʻlov topshirigʻining “Toʻlov rekvizitlari” qismida koʻrsatilgan rekvizitlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirayotganda, shuningdek pul oʻtkazmasi uchun asos koʻrsatilgan holda quyidagilar taqdim etiladi: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uchun, hisob raqami 200410860262660000000000001, STIR 201 122 696, daromad kodi boʻyicha 3 512 113”.

Tanlov takliflari solingan konvertning birinchi nusʼhalari ochilishi 2019-yil 30-avgust soat 15:00 da Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosi (106-xona)da boʻlib oʻtadi.

Tanlov shartlari haqida toʻliq maʼlumot olish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mutaxassislariga murojaat qiling. Manzil Toshkent sh., Amir Temur koʻchasi, 6.

Tel: (+99871) 259-22-02, 259-20-70, 259-22-56, 259-20-91.

Veb-sayt: www.davaktiv.uz, elektron pochta: info@davaktiv.uz, privatization@davakativ.uz


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?