“Oʻzbekiston” mehmonxonasi sotuvga qoʻyildi

14:33 12 Fevral 2019 Jamiyat
490 0

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi maʼlum qilishicha, “Oʻzbekiston” mehmonxonasi kompleksini sotish boʻyicha ochiq tanlov savdolari oʻtkazilmoqda, deb yozadi OʻzA.

“Oʻzbekiston” mehmonxonasi Toshkentning eng mashhur mehmonxonalaridan biri. U 1974 yilda, shaharning qoq markazida qurilgan. Mehmonxona oynalaridan Amir Temur xiyoboni koʻrinib turadi. Koʻp qavatli mehmonxona yer qimirlashiga chidamli boʻlishi uchun yarim aylana shaklida loyihalashtirilgan. Mehmonxonaning arxitekturasi oʻzida zamonaviy, yevropa uslublarining milliylik bilan uygʻunligini mujassamlashtiradi. Bu yerda Yevropa standarlariga toʻliq rioya etilgan holda, ammo sharq anʼanalarini unutmagan holda xizmatlar koʻrsatiladi.

Maʼlum qilinishicha, tanlov predmetining boshlangʻich bahosi 33 million AQSH dollari etib belgilangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?