Oʻzbekiston MDHning yana bir tuzilmasida toʻlaqonli ishtirok etadi

22:26 14 Mart 2020 Jamiyat
189 0

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari Sanoat xavfsizligi kengashining toʻlaqonli aʼzosi boʻldi. 2020-yil 6-fevral kuni Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi MDH Ijroiya qoʻmitasiga yoʻllagan maktubida, rasmiy Bishkek Oʻzbekiston Respublikasining MDH davlat rahbarlari Kengashining 2001-yil 28-sentyabrdagi “MDHga aʼzo davlatlar Sanoat xavfsizligi boʻyicha vakolatli organ rahbarlarining muvofiqlashtiruvchi kengashi (MSPB SNG) toʻgʻrisida”gi Moskva kelishuviga qoʻshilishiga roziligini bildirgan.

Shu bilan, MDH Ijroiya qoʻmitasining maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonning mazkur tuzilmaga qoʻshilish jarayoni muvaffaqiyatli poyoniga yetgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi prezident qaroriga muvofiq, mazkur xalqaro hujjatlarga qoʻshilib, Oʻzbekiston nomidan ish yuritishda masʼul idora hisoblanadi.

Maʼlumot uchun: Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlarining sanoat xavfsizligi kengashiga tarmoqlararo hamkorlik organi boʻlib, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish harakatlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. Unga Oʻzbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Moldova, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Ukraina davlatlarining maxsus vakolatli organlari rahbarlari kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?