O‘zbekiston logistika samaradorligi bo‘yicha reytingda nechanchi o‘rinda?

12:12 27 Iyul 2018 Jamiyat
315 0
Illyustrativ foto

O‘zbekiston Jahon bankining LPI indeksi — logistika samaradorligi bo‘yicha reytingida 117-o‘rinni egalladi. Bu haqda Jahon banki rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotda qayd qilingan.

LPI indeksi mahsulotlarni yetkazib berish osonligi va milliy hamda xalqaro darajadagi savdo logistikasining holatini aks ettiradi. U 6 omilga asosan tuzib chiqiladi: bojxona samaradorligi, infratuzilma sifati, xalqaro tashuvlarni amalga oshirishning soddaligi, logistika qamrovi, yuklarni kuzatish va yetkazib berish muddatiga rioya etish shular jumlasidan.

Reytingdan jami 168 ta mamlakat joy olgan bo‘lib, eng yuqori o‘rinlarini Germaniya, Niderlandiya, Shvetsiya, Belgiya, Singapur, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Avstriya, Gonkong va AQSH mamlakatlari egalladi.

O‘zbekiston 117-o‘rinda Armaniston (116) va Zambiya (118)ning o‘rtasida joylashgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonga tegishli bo‘ldi — 77-o‘rin. Eng yomoni esa — Tojikistonda (147).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?