Oʻzbekiston kuch tuzilmalari Jasliqda shartli garovga olinganlarni ozod qildi

15:05 28 Iyun 2019 Jamiyat
442 0

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonligi rahbarligida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi kuch tuzilmalari Jasliq aholi yashash punktida xavfsizlikni taʼminlash va shartli terrorchi guruhlarni yoʻq qilish boʻyicha hamkorlikda taktik maxsus oʻquvlarini oʻtkazishdi. Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi matbuot xizmati xabar berdi.

Hamkorlikdagi oʻquv operatsiyada Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda mahalliy boshqaruv organlarining hududiy boʻlinmalari ishtirok etdi.

Maxsus mashqlar Jasliqdagi obyektlardan birida oʻtkazilgan boʻlib, oʻquv rejasiga asosan u yerda shartli terrorchi guruhlari tomonidan garovga olingan ishlab chiqarish tashkilotining xodimlarini ozod qilish operatsiyasi koʻrsatildi.

Hamkorlikdagi kuchlar tomonidan amalga oshirilgan maxsus harakatlar davomida “garovga olinganlar” qutqarilib, shartli dushman kuchlari yoʻq qilindi. Muhandislik boʻlinmalarining xatti-harakatlari bilan bino ichkarisida oʻrnatilgan “portlovchi modda” zararsizlantirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?