Oʻzbekiston Kubogida yarim finalning ikki ishtirokchisi maʼlum boʻldi

09:38 19 Sentyabr 2018 Dunyo
260 0

18 sentyabr kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi chorak finalidan oʻrin olgan ikkita oʻyin boʻlib oʻtdi.

Toshkentning “Paxtakor” klubi oʻz maydonida “Lokomotiv”ni qabul qilib, 4:0 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa, “Qoʻqon-1912” “Qizilqum”ni qabul qilib, 2:0 hisobida raqibidan ustun keldi.

Chorak final oʻyinlari bitta oʻyindan iborat boʻlgani sabab, “Paxtakor” va “Qoʻqon-1912” jamoalari yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Chorak finalning ikkita oʻyini bugun boʻlib oʻtadi. AGMK oʻz uyida “Mashʼal”ni qabul qilsa, “Bunyodkor” birinchi liga vakili “Andijon” mehmoni boʻladi.

Oʻzbekiston Kubogi, 1/4 final
Qoʻqon-1912 - Qizilqum - 2:0
Gollar: Suhrob Berdiyev (16, 77)

Paxtakor - Lokomotiv - 4:0 
Gollar: Yegor Krimes (21), Tiagol Bezerra (53, 82), Igor Sergeyev (89)

19 sentyabr
AGMK - Mashʼal
Andijon - Bunyodkor


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?