O‘zbekiston xorijiy investorlarni xususiy maktablar ochishga taklif qilmoqda

18:12 30 Iyul 2018 Jamiyat
326 0
Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”.

Xalq ta’limi vazirligi xorijlik investorlarni O‘zbekistonda xususiy maktablarni ochishga taklif qilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd qilinishicha, xususiy maktablarda axborot texnologiyalari, tabiiy fanlar va xorijiy tillar kabi yo‘nalishlar bo‘yicha yangi o‘quv uslublari va o‘quv rejalarini joriy etish taklif qilinmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi xususiy maktablar tashkil etishga sarmoya kiritishni yengillashtirish, investorlar himoyasi va davlat ko‘magini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni loyihalarini tayyorlaydi.

“Xususiy maktablar sektoridagi ulkan xilma-xillik va raqobat farzandlarimiz ta’limi uchun tizimni rivojlantirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonamiz. Barcha xalqaro maktablarni bolalarimiz uchun yuqori sifatli ta’limni taqdim etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga chaqirib qolamiz, — dedi vazir Sherzod Shermatov.

Vazirlik xabarida hamkorlik masalalarida privatschools@xtv.uz elektron pochtasi yoki (+99894) 640?95?39 telefoni orqali murojaat qilish mumkinligi qayd qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?