Oʻzbekiston Xitoyga gumanitar yordam yubordi (foto)

10:11 12 Fevral 2020 Jamiyat
326 0

Bugun, 2020-yil 12-fevral kuni Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining Harbiy-havo kuchlariga tegishli Il-76MD, UK-76008 “08-oq” samolyoti Xitoy Xalq Respublikasiga gumanitar yordam yuklari bilan Pekinga joʻnab ketdi.

Maxsus yuklar tarkibida yangi turdagi koronavirus -- Covid-19 (2019-nCov) tarqalishining oldini olishga qaratilgan zarur boʻlgan shaxsiy himoya vositalari mavjud.

Eslatib oʻtamiz, Xitoyda koronavirusdan halok boʻlganlar soni 1000dan oshdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?