Oʻzbekiston Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasining rasmiy aʼzosiga aylandi

17:26 20 May 2019 Jamiyat
132 0

Oʻzbekiston Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasi(AFCI)ga aʼzo boʻldi.

Marche du Film kinobozorida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan ochilgan milliy pavilyonda ushbu assotsiatsiya rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda AFCI prezidenti Jess Konoplia Markaziy Osiyoda birinchi hisoblangan Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasiga aʼzolik sertifikatini topshirdi.

Muloqot davomida Oʻzbekistonning xorijiy kinoloyihalarni amalga oshirish (koprodakshn) salohiyati hamda kinolokatsiyalari jozibadorligi taqdim qilindi. Bundan tashkari assotsiatsiya bilan istiqbolli hamkorlik xam muhokama qilindi.

AFCIʼga aʼzo boʻlish bilan Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi butun dunyodagi kinokomissiyalar maʼlumotlari bazasiga kiritiladi, jahonning eng yirik prodyuserlari va kinokompaniyalari shu assotsiatsiya orqali Oʻzbekistonni suratga olish uchun manzil sifatida kashf qiladi.

Undan tashqari, mahalliy kinomutaxassislar oʻz tajribalarini oshirishlari uchun xorijiy konferensiya va oʻquv mashgʻulotlariga jalb qilinishadi.

Maʼlumot uchun, maʼmuriy qarorgohi shtab kvartirasi AQSHning Los Anjeles shahrida joylashgan Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasi (AFCI)ga dunyodagi 300 dan ortiq kinokomissiyalar aʼzo boʻlgan. Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi boʻlib AFCIʼga aʼzo boʻlgan Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi 2018 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hammuassisligida tashkil qilingan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?