Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

18:08 29 Avgust 2018 Jamiyat
194 0

Shuxrat Akmalovich Yovqochev Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, Akademiya Qurʼon ilmi, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud boʻlgan sohalar boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?