O‘zbekiston xalq rassomi Muborak Yo‘ldoshev vafot etdi

11:11 09 Iyul 2018 Madaniyat
524 0

Xonanda Manzuraning otasi Muborak Yo‘ldoshev 8-iyul kuni, 85 yoshda vafot etdi. Bu haqda Manzuraning hamkasb dugonasi Iroda Dilrozning Instagram’dagi sahifasiga asoslanib “Daryo” nashri ma’lum qildi.

O‘zbekiston xalq rassomi Muborak Yo‘ldoshev o‘zbek milliy rangtasvir san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. U bebaho durdona asarlar muallifi edi.

Muborak Yo‘ldoshev so‘nggi marta 2017-yilning 16-mart kuni I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida “Dostonlar himoyachisi” deb nomlangan tasviriy san’at namunalari ko‘rgazmasini o‘tkazgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?