O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov vafot etdi

11:05 26 Iyun 2018 Madaniyat
1367 0

Bugun, 26 iyun kuni O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot tarqaldi.

Aktyor 1937 yilning 27 iyulida Toshkentda tavallud topgan. 1963 yilda u A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik fakultetini tugatgan.

1988 yil xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘lgan, 1991 yil Xalq artisti unvoniga ega bo‘ldi. 1999 yilda “Mehnat Shuhrati” ordeni bilan taqdirlangandi.

Sharipov ko‘plab filmlarda roli orqali tanilgandi. Jumladan, “Suyunchi“ (1982), “Vodillik kelin“ (1984), “Kelinlar qo‘zg‘oloni“ (1985), “Maysaraning ishi“ (1986) uning eng mashhur kinolari qatoriga kiradi. Aktyor shuningdek, televizion miniatyuralar teatridagi ijrosi bilan ham tanilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?